rap.uz

Тима Герц • RAP.UZ dan K#2 finalchisi • Intervyu

Тима Герц (Tima Gertz) – RAP.UZ ning Bit K#2 (musiqa tanlovi) finalchilari qatorida 4 o’rinni egallagan, 26 balldan 25 ball to’plagan ishtirokchi.
Timur Sirdaryodan, u 19 yoshda va o’zining EPsiga ega. Tanishamiz.

RAP.UZ (R)
Salom
Tima Gertz (T)
Salom salom

(R)
An’anaga ko’ra sizni K #2 finalchilari ro’yxatiga kirganingiz bilan tabriklayman, barakalla!
(T)
Rahmat Katta, iqtidorimni ko’rsatishga berilgan imkoniyat uchun Rap.uz adminlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Bunday ishni bajarganimdan va ushbu tanlovning ishtirokchisi bo’lganimdan juda mamnunman.

(R)
O’zingiz haqingizda bizga ayting, ismingiz kim, qaerdansiz, necha yoshdasiz?
(T)
Mening ismim Timur, tug’ilgan kunim 2001/12/30, men 19 yoshdaman. Men Sirdaryo shahridanman (O’zbekiston), millatim – qozoq.

(R)
Siz nafaqat bit qilasiz, balki ular ustida rap ham aytar ekansiz. O’zingizni hikoyangizni aytib bering, qancha vaqtdan beri bu narsaga qiziqasii?

(T)
Ha, albatta. Keling bunday tushuntiraman: men o’zimni ijrochi va bitmeyker deb ajratmayman, menda vaqt va
ilhom o’rtasida savol mavjud. Ba’zan men shunchaki o’tirib, kimdir uchun yoki o’zimdan o’zim bitlarni yozishim mumkin. Va ba’zan mening boshimda
ba’zi so’zlar aylanadi, ashulali iboralar. Va ushanda men o’tirib, o’z fikrlarimni dinamik orqali etkazishim mumkin.
Menimcha, bu klassik holat va ko’plab ijrochilarda shunday. Rostini aytsam, birovni bitiga/musiqasiga qo’shiq yozishdan men lazzatlanmayman, chunki u yerda baribir menga yoqmaydigan narsa bo’ladi 😅😂.

Yoqtirgan ishimni qilishim uchun vaqtdan boshqa narsani sarf qilmasligimni afzallik deb bilaman.
Menimcha, har bir odam foydali va zavq keltiradigan narsalarni birlashtirishga harakat qilishi kerak, va menda bu narsa o’xshamoqda deb o’ylayman.
Va men bularning barchasi bilan 2013 yilda, akam FL Studio dasturini do’stidan tashlab yuborganida qiziqib ketdim. Undan oldin esa
uyda karaoke kuylardim, ovozimni diktofonga yozib olardim va hokazo … Buvim doim menda musiqiy eshitish qobiliyati bor deb aytib kelgan.
O’sha paytda men bu nima uchun kerakligini to’liq tushunmas edim, chunki hamma eshitish qobiliyatiga egaku deb yurardim. Keyin biz
akam bilan shunchaki havasaki ushbu dasturni o’rganar edik. Va endi, 8 yildan so’ng, men qanday yo’l bosib o’tganimni ko’rmoqdaman va
bu hayotda hech narsa meni musiqa singari o’ziga jalb qilmagan, endi bu mening hayot tarzim. Va shuncha vaqt o’tganidan keyingina men o’zimni MUSIQACHI (BITMEYKER) deb atashim mumkin. Endi faqat oldinga yurish qoldi, hech qachon bu ishni tashlayman degan hayolga bormaganman.

(R)
«SVN» albomi haqida bizga aytib bering
(T)
Demak .. bu EP nafaqat 3 ta sevgi qo’shig’i. Bu mening birinchi shunday jiddiy ishim, uni ustida shoshmasdan va juda uzoq vaqt ishlaganman, agar siz ushbu EPning barcha treklarini tinglasangiz, qo’shiqlar faqat bir kishiga atalganligini tushunishingiz mumkin. Va bu kishi mani qizim. Men undan juda ilhomlandim va bu ilhom men uchun hamma narsani yozgan va yozib olgandek huddi. Men ushbu treklardagi har bir so’zni va har bir notani faqatgina unga bag’ishladim.
Chartlarga chiqish maqsadi yo’q edi va hokazo. Bu faqat o’zim uchun va boshqa sevishganlar uchun yaratilgan.

(R)
Ijodiy kelajagingiz bo’yicha qanday rejalaringiz bor?
(T)
O’z uslubimni izlayapman. Yaqinda birinchi katta albomimni namoyish etaman. Menimcha, bu meni liftim. Axir, o’ylashimcha, u yerda turli xil uslublarda va oddiy bo’lmagan treklar mavjud. Umid qilamanki, bu ko’pchilikni qiziqtiradi.

(R)
Siz musiqiy hayotdan tashqari oddiy hayotda kimsiz?
(T)
Men Mototsikllarni yaxshi ko’raman, suratga olishni yaxshi ko’raman. tabiatga chiqishni, do’stlarim bilan suhbatlashishni va shu kabilarni yoqtiraman.
G’ayrioddiy narsa yo’q. Menga yoqmaydigan narsadan bu juda ko’p odamlar to’plangan shovqinli diskotekalar va shunga o’xshash narsalar.
Men o’zimga yaqin odamlar davrasida bo’lishni afzal ko’raman.

(R)
O’zbekistonda Rap haqida nima deb o’ylaysiz?
(T)
Ha, men O’zbekistonda Rapga nisbatan betarafman. O’zbek reperlaridan faqat KONSTA ni tilga olishim mumkin,
u qilayotgan narsalar yoqadi. Va Uzb-dagi ruscha rap haqida, albatta, bizda juda ko’p iqtidorli bolalar borligiga aminman
ulan o’zlarini hali ko’rsatadi. Yana bir bor shunday yordam uchun va o’zimizni ko’rsatish uchun imkoniyat berilgani uchin RAP.UZ-ga respect/hurmat.

(R)
Dunyoda kimning Rap ijodini qayd etishingiz mumkin, ehtimol siz o’zingiz tinglayotganlardan?
(T)
Menga Skriptonit ijodi juda yoqadi. Men uni faqat eng yaxshi artist sifatida ta’kidlashim mumkin, mening versiyamga ko’ra.
Va shu bilan birga mening qulog’imga yoqadigan hamma narsani tinglayman.

(R)
Siz yangi ijodini boshlayotgan Rapper yoki Beatmakerga qanday maslahat berasiz?
(T)
Eng muhimi, sabr-toqat, o’z ishingizga bo’lgan ishonch. Agar inson maqsadni aniq ko’rsa, unda u maslahatga muhtoj emas.

(R)
Agar qiziqtiradigan narsa bo’lsa, RAP.UZ-ga savol bering
(T)
Savol yo’q)

(R)
Ehtimol, aytmoqchi bo’lgan yoki baham ko’rishni istagan biron bir narsa bordir, men so’ramagan?
(T)
Barcha xohlagan narsalarimni aytib berdim. Qolganlarini albomda kuting😉

(R)
Xo’sh, ishlaringizda muvaffaqiyatlar, yutuqlar, albomlar, kliplar va albatta muxlislar tilaymiz)
(T)
Katta rahmat, va sizga ham saytni va umuman rapni UZB da targ’ib qilishda omad tilaymiz✊🏽

Fikr bildirish