rap.uz

TT music

«TT music» studiyasi 2010 yilda tashkil etilgan. Dastlab u Hamza tumani Dubova ko’chasidagi pionerlar uyida joylashgandi.
Muayyan musiqiy Leybl yaratish maqsadimiz yo’q edi. Faqat musiqa yaratish, treklarni yozish, ijodkorlik qilish mumkin bo’lgan joyni yaratish istagi bor edi. Hammasi amalga oshdi. Studiya qurildi. Studiyaning mualliflik materiallari asosan «rap» uslubida bo’lgan. O’sha payt studiyada Шома, Астатик, Баток, «Два квартала» guruhi va boshqa ko’plab artistlar ijod qilishgan.
Studiyamizdan tomonidan bir necha bor konsert va chiqishlar tashkil etildi.
Keyin, binoning o’zi kapital rekonstruksiya qilinayotgani sababli, studiyani buzishga tog’ri keldi va olti oy davomida biz studiyasiz edik.
Ammo, omadli tasodif tufayli va mehribon, yaxshi odamlarning yordami bilan biz hozirgi studiyani qurdik.
Bu yerda hali ham asosan «rap» musiqasi yoziladi. Asta-sekin yangi tanishlar orttirdik. Qiziqarli va iqtidorli odamlar kelishdi. Shunday qilib, biz, masalan, «Yamaykaliklar» bilan tanishdik. Sayyora bilan undan ham oldinroq tanishgan edik.
Biz o’zimizni ma’lum bir leybl yoki boshqa narsalar deb hisolamaymiz. Biz shartnomalar yoki bitimlar bilan bog’liq emasmiz. Biz shunchaki qilayotgan ishimizga ishonadigan bir oilamiz. Biz shunchaki “TT-chilarmiz”. Biz bir-birimiz bilan do’stmiz va birga ijod qilamiz. Studiya va uning tashqarisida ham biz to’g’ridan-to’g’ri bog’langanmiz.
Ayni paytda biz oldin qilgan ishlarimiz bilan to’xtab qolmaganmiz. Tanishlar doirasini kengaytirmoqdamiz, tobora ko’proq yangi odamlar kelishyapdi. Bizning shahar iste’dodlilarga to’la. Biz, o’z navbatida, ushbu iste’dodlarni ochilishiga va xalqga biroz yaqinroq bo’lishiga yordam berishda o’zimizni ko’rmoqdamiz.»

Bugungi kunda studiya Toshkentning qoq markazi «POYTAXT» savdo markazida joylashgan bo’lib, yigitlar ustaxonasi devorlaridan chiqayotgan musiqa butun mamlakat bo’ylab va undan tashqarisiga ham tarqalmoqda! Agar sizga chindan ham yuqori sifatli ovozni yaratishga yordam beradigan studiya kerak bo’lsa, unda «TT music» yaxshi tanlov bo’ladi.

Fikr bildirish