Vag'irdi Vag'lama • Intervyu - RAP.UZ

RAP.UZ

Vag’irdi Vag’lama • Intervyu

Biz Xorazm Underground Rap yo’nalishi yorqin vakili “Oxus Records” asoschisi 3 farzandi otasi va namunaviy fuqaro Salaydan (Vag’irdi Vag’lama) chat-intervyu oldik, va uni siz bilan baham ko’rishdan xursandmiz.

*************

(R)
Salom Salay
(S)
Valeykum assalom!
Nichiksiz)
(R)
O’zing haqingda bizni o’qiyotganlarga biroz aytib bera olasanmi ?
(S)
Oʻquvchilarga aynan nima qiziq ekaaan…
(R)
Qayerdansan, yoshing nechchida , anchadan beri Rap bilan shug’illanasanmi ?
(S)
Man Xorazmning oddiy oʻgʻloni, 1989 yil Urganch shahrida tugʻilganman. Uylanganman, aynan 2021 yilda uchinchi farzandning otasi boʻldim. Rapga 2005 yil kirib kelganman. 2007 yil 1-trackim va 2009 yil 2-trackim chiqqan.
(R)
Tabrikliman umri bilan bergan bo’lsin!💪
(S)
Tashakkur!
(R)
Oxusrecords qachon tashkil topgan va bu Leyblmi yoki ovoz yozish studiyasi ?
(S)
“Oxus Records” bu aslida lable, shu bilan birga ovoz yozish studiyasi hamdir va “Oxus Records” 2013 yil tashkil topdi. “Oxus” qadimgi lotinchadan olingan soʻz boʻlib “Amudaryo” degan maʼnoni anglatadi.
(R)
Leyblda nechchi kishi faoliyat olib boradi, unda o’zingizdan tashqari nechta artisit bor?
(S)
Lableni jami 5 ta, mandan tashqari 4ta aʼzosi bor:
2 ta rapchi,
2 ta producer,
1 ta DJ.
(R)
Shaxsiy savol tahallusing Vag’irdi Vag’lama nimani anglatadi ?
bu boshqalargayam qiziq deb o’yalman
(S)
Oʻzi aslida mani rapga kirib kelishimdan asosiy maqsadim xorazmchani chiroyli koʻrinishda nafaqat Xorazmdan balki Oʻzbekistondan tashqariga eshittirish boʻlgan. Shu sababli tahallusni ham gʻirt xorazmcha qoʻyganman.
“VağIrdi” – shovqin, “VağLama” – juda zoʻr degani va “Shovqin juda zoʻr” degan maʼnoni bildiradi.
(R)
Menimcha masadinga sekin sekin erishyapsan deb o’ylayabman va Juda zo’r Shovqinli tahallus bu !🤙
Oila ishlari va uchta farzand Vag’irdi Vag’lamani ijodiga halaqit bermaydimi ?)
(S)
Aksincha, oila, 3 ta farzand odatdagidan koʻra 3 marta koʻproq va tezroq harakat qilishga undayabdi. Vaqtida rap manga oʻzim kutgan narsa, hayotiy natijalarnimni yaxshilashga undagani kabi. Yaʼni man haqiqatan ham rapdan va rap orqali koʻoʻoʻp narsalarni oʻrgandim. Shu sababli hozirda rapga yuki bor ijod mahsullarini qoldirmoqchiman. Zero ertaga, noommaviy soʻzlar qoʻllanilgan boʻlsa ham, farzandlarim yoki hip hop shinavandasi ensasi qotmasin. Qaytanga MAN ENDI BOSHLADIIIM!
(R)
Demak oilangiz sizni bu yo’lda to’la tokis qollab quvvatlaydi bu juda ham yaxshi💪
(S)
Farzandlaring sandan nimadir soʻrasayu, bu sani qoʻlingdan keladigan ish boʻlsa, nega qilmaslik kerak.)
(R)
Bu gapga qo’shilaman. Hozir biron nima ustida ishlayapsanmi ? (albom, track)
(S)
Hozirda 4 ta track ishlovga berilgan.
Rejam, shu yilning yozida, aynan iyul oyiga 18 yoki 20 ta trackdan iborat boʻlgan ilk solo albumimni chiqarmoqchiman. Va balki shu yilning kuz oxirlariga 15 ta trackdan koʻproq boʻlgan feat. albumimni taqdim etaman. Qoʻshimcha ravishda, har bir album uchun kamida 2 tadan klip ham olamiz.
(R)
Demak shu yili O’zbekistonga ikkita ajoyib albomni sovg’a qilasan!
(S)
Xudo xohlasa, albatta.
(R)
Sir bo’lmasa Albomlar nima haqida va ularning qanday nomlanishi haqida ma’lumot bera olasanmi ?
(S)
Afsuski, albumlar nomlanishi toʻgʻrisida fikr qilmadim. Lekin hozirda ehtimoliy nomlanishi “Urganch qonuni” yoki “Xalqim mani sev” boʻlishi mumkin. Yoki umuman boshqacha nomlanishi ham mumkin.
Endi album aynan bir yoʻnalish boʻyicha emas, shu sababli biron narsa deyish qiyin. Biroq 18+ boʻlishi aniq.)
(R)
Qaysi Rap ijodkorlarini eshitishni yoqtirasan ? O’zingdan tashqari albatta )
(S)
Uzrap yoki umuman?
(R)
Umuman Farqi yo’q
(S)
Oʻzi gʻalati boʻlsa ham aytib oʻtay. Birovlarga oʻxshab man ustoz koʻrmaganman, mani oʻzim oʻzim uchun rapni ixtiro qilganman) deganlarga, mani 1-ustozim yaʼni rap oʻqishni va sheʼrlarni yukini oʻrgatgan Slim Shady, 2-ustozim yaʼni rapchi sifatida oʻzimni yoʻnalishimni tanlashga sababchi boʻlgan Cypress Hill aʼzosi B-Real boʻladi.
Hozirda manga yoqqan rapchi bu Yelawolf, oldin G-Eazyni tingladim.
Ammo hozirda man ham vafodor muhlis emasman.)
Uzrapda… Bilmadim. Zoʻrdan zoʻr koʻp, ammo trendda koʻchirmachilar yoki rapga jiddiy qaramaydigan 1 kunlik rapchilar:(
(R)
Tshunarlik asosan Eski gvardiyadagi G’arb ijrochilari
(S)
Aynan)
(R)
Xorazmda Rapga bo’lgan munosabat, etibor qanday ? va umuman olganda O’zbekistondagi Rap haqida nima deb o’ylaysan ?
(S)
Xorazmda rap… Man boshlagan davrdan koʻra hozir rapga eʼtibor yaxshi, ammo tinglovchilarga haqiqiy rap yetib bormayabdi yoki haqiqiy rapni tinglashni esdan chiqarishdi, manimcha butun Oʻzbekistonda ahvol shunaqa boʻlsa, kerak.
Goʻyo rap jiddiy va jadal boshlanmasdan inqiroz uchragandek. Aytmoqchimanki, rapning 4 ta tirgagi yoki dastaklari bor, bular: rapper, lyricwriter, beatmaker va producer. Man bu dastaklarni toʻliq ishlaganini, alohida harakatlanib, bir joyga kelganiga guvoh boʻlmadim, balkim bordir, lekin xabarim yoʻq.
(R)
O’ylaymanki bu har doim ham bunday bo’lmaydi bir muncha vaqt o’tib hammasi o’zgaradi
Vag’irdi Vag’lama Rapdan tashqari qanday odam ? (biron joyda ishlaysanmi yoki boshqa ishlar qilasanmi)
(S)
VağIrdi VağLama rapdan tashqarida Salay, jamiyatda oʻz oʻrniga ega, namunaviy fuqarodir)))
2010 yil Toshkent Moliya Institutini bitirgandan soʻng soliqda, vinzavodda ishladim, hozirda xususiy biznes, ishlab chiqarishim bor. Aniqrogʻi, mart, aprel oylarida toʻliq ishga tushadi
(R)
Ishlaringga omad, o’ylaymanki shu joyda tanishuvni yakunlasak ham bo’ladi endi boshlayotgan yosh MClarga nima degan bo’larding ? balki biron maslahat
(S)
Yosh MClarga… Track chiqarmoqchi boʻlsang, 1-dan, sheʼringni 100 % qofiyani qil, qoʻshimchalar bu qofiya emas. 2-dan, beat mualliflik boʻlsin, netdan olma, chunki ishlatilgan narsani ishlatib yagona boʻlolmaysan. 3-dan, xalqqa eshitsa boʻladigan ijod mahsulini ber, zero ustingdan kulmasinlar, 4-dan, kibrlanma, chunki sandan ham zoʻrlari bor!
(R)
Juda yaxshi so’zlar, Xo’sh Oilada tinchlik, xayot va ijodda ulkan cho’qqilarga erishishni tilayman vaqt ajratganing uchun senga rahmat va albatta bu yil albomlarni kutib qolamiz!
(S)
Birgalikda boʻlsin, sanga ham RAP.UZ ga ham eʼtibor uchun rahmat. Kelgusidagi ishlarga, ijodlarga omad, muvaffaqiyat tilayman.
(R)
Raxmat kotta kon 🙏

Fikr bildirish